Get Mystery Box with random crypto!

• Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi O‘zbekiston Res | TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

• Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Halim Boboyevich Boboyevni tavalludining 80 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Huquqshunoslar orasida o‘zining haqiqatparvarligi, samimiyligi, rostgo‘yligi, odilligi, halolligi bilan hurmatga sazovor bo‘lgan ustozga oilaviy xotirjamlik, sog‘lik, baxt va omad tilaymiz.

Toshkent davlat yuridik universiteti (o‘sha paytlarda — institut)ning tamal toshini qo‘yishda katta hissa qoʻshgan ustozga bundan keyin ham fidoyi va el-yurt uchun sidqidildan xizmat qilishga tayyor bo‘lgan shogirdlarni tarbiyalashda kuch-quvvat tilaymiz.

Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

@tsulofficial