Get Mystery Box with random crypto!

'MUSTAQILLIK BO'LSIN MUBORAK' Bugun yurtim osmoni uzra Parvoz | 🌐 AKT_Official 🌐

"MUSTAQILLIK BO'LSIN MUBORAK"

Bugun yurtim osmoni uzra
Parvoz qilar baxtiyor qushlar.
Ro'yolarga aylanar asta
Armonlarda yig'lagan tushlar.

Bugun erkning kaliti bizda
Bugun shodon har o'g'il,qizlar.
Mustaqillik ulug' ne'matsan
Senga bugun chiroyli so'zlar.

Keksalar ham duoda har on
Erkinlikka ne yetsin derlar.
Noming bilan bitilar doston
Shaning uchun yozilar sherlar.

Mustaqillik bo'lgin bardavom
Biz yoshlarga qanot bo'lgaysan.
Ozodlik deb o'tgan insonlar
Ruhini shod,obod qilgaysan.

Ko'chalarni yayov kezganda
Iliq mehring sezib turaman.
Odamlarning quvonchin ko'rib
Shukronalar aytib yuraman.

Bolajonlar qiyqirab shodon
Baxtiyorlik taftin tuyishar.
Hali yaxshi anglar,anglamas
Bizdek,seni yaxshi ko'rishar.

Ulg'aysa ham yil o'tib yoshing
Er yigitdek tog'san,qalqonsan.
Tinchlik deya urgan yurakka
Mustaqillik, davru-davronsan.

Barchamizga qutlug',ulug' kun
Mustaqillik bo'lsin muborak.
Bugun senga aytilar ash'or
Bugun senga har ezgu tilak.

  𝐀𝐊𝐓_𝐎𝐟𝐟𝐢𝐜𝐢𝐚𝐥