Get Mystery Box with random crypto!

UMR OʻTMOQDA

Telegram kanalining logotibi odillik_bekati — UMR OʻTMOQDA U
Telegram kanalining logotibi odillik_bekati — UMR OʻTMOQDA
Kanal manzili: @odillik_bekati
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.59K
Kanalning ta’rifi

Каналимизга ҳуш келибсиз
1.Рўзғорга керакли...
2.Уй бекаларига керакли...
3.Эркакларга фойдали...
4.Аёлларга фойдали...
5.Пазанда бекажонларга...
6.Бола тарбиясига оид,
7.ИСЛОМни ўрганамиз,
TAKLIFLAR: @ODILADMINSTRATOR

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-01-16 09:57:43
@odillik_bekati
140 viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2023-01-16 08:07:51
#мотивация

Ҳаётингда маҳкам тутишинг керак бўлган энг ажойиб ҳикмат – Сен ҳақингда айтиладиган гапларга аҳамият бермаслигингдир...
Кимлигингни бошқалардан кўра ўзинг яхшироқ биласан, Аллоҳ эса сенинг ҳолатинг ва ниятингни ўзингдан ҳам яхшироқ билади...
Шундай экан қилаётган ишларингни оқлаб, қадру- қимматингни тушириб юрма!


@odillik_bekati
214 viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2023-01-16 05:19:41
Bolalikdan moliyaviy savodxonlikni o'rgatish

Buning eng yaxshi yo'li - har kuni emas, balki har oyda cho'ntak pulini berishdir.

Axir, bir oy oldin ma'lum miqdorni olgan o'smir oddiy ehtiyojlar uchun etarli bo'lishi uchun pulni taqsimlashi kerak bo'ladi. Masalan, sayohat chiptasini sotib olish va maktabda tushlik qilish uchun.

Va agar boshida bola byudjetni juda erta sarf qilsa, asabiylashmang. Axir, u faqat pul bilan ishlashni endigina o'rganmoqda,tajriba ortirishiga ko'maklashing.


@odillik_bekati
308 viewsedited  02:19
Ochish/sharhlash
2023-01-16 05:16:49 #ibrat

Farzandlaringizni tarbiyalashda zarur boʻladigan 10 sehrli soʻzlar:

— Seni yaxshi koʻraman
— Sen yaxshisan
— Kel, bagʻrimga bosay
— Nima qilishni xohlarding?
— Koʻrsatgan natijangdan xursandman, bundan ham yaxshi boʻlishini kutaman
— Senga ishonaman
— Sen ajoyibsan
— Seni fikringni hurmat qilaman
— Sen men uchun Allohimdan qadrli neʼmatsan
— Mashgʻul boʻlgan barcha narsalaringni menga hikoya qilib ber


@odillik_bekati
287 viewsedited  02:16
Ochish/sharhlash
2023-01-16 04:44:30
#хайрли_тонг

Аллоҳимдан, ҳар бир қилаётган хайрли ишингиздан, босган ҳар бир қадамингиздан рози бўлишини, жисмингизга соғлиқ, қалбингизга хотиржамликни сўраб қоламан.
Топган ва топажак ҳалол пулларингиз фақат хурсандчилик ва яхшиликка буюрсин...
Кунингиз барокатли ўтсин Қадрдон. Ассалому алайкум!


@odillik_bekati
436 viewsedited  01:44
Ochish/sharhlash
2023-01-16 03:37:32
Ассалому алайкум! Душанба тонги муборак бўлсин

Бугунги кунингиз кечаги кунингиздан хайрли, файзли, манфаатли ва баракалироқ бўлсин, қадрдон!


@odillik_bekati
256 viewsedited  00:37
Ochish/sharhlash
2023-01-15 19:14:13
#хайрли_тун

Барчамиз бу дунёга ғаниматмиз. Шундай экан эзгуликларни қалбингизга жо қилинг-ки, ҳар ўтган кунингиз бесамар бўлмасин. Эртанги кунингизда яхши амаллар қилиш ният қилиб Аллоҳдан сўранг, албатта амалга ошади, Иншааллоҳ.
Хайрли тун Қадрдон!


@odillik_bekati
399 viewsedited  16:14
Ochish/sharhlash
2023-01-15 19:06:21
Keksalarimiz aytishadi-ki, farzandga mehr-muhabbat berishda ham meʼyorni saqlay bilish kerak. Bolaning barcha aytganlarini bajarish, har qanday xatti-harakatini maʼqullash yoki eʼtiborsiz qoldirish uning tarbiyasiz boʻlib ulgʻayishiga olib keladi.

Ortiqcha taltaytirib yuborish bolani har jihatdan sustlashtirib qoʻyadi. Oʻta erka bola faqatgina shaxsiy manfaatini koʻzlaydigan, xudbin, burch va masʼulyatni xis etmaydigan boʻlib voyaga yetadi.

Shuning uchun farzandning barkamol insonga aylanishida otaning ilm-u tajribasi juda muhim. Yuqorida aytilgan vazifalarni bajarishga tayyor boʻlgan erkak otalikka tayyor hisoblanadi.


@odillik_bekati
297 viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2023-01-15 14:41:10 Germaniya maktablarida ham boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi din darsi o‘tiladi. Qonun bo‘yicha xristian dini o‘tilishi kerak. Lekin har bir maktab ehtiyojiga va qaysi din vakillari ko‘pligiga qarab o‘zi uchun o‘zgartirish kiritish huquqi bor. Agar siz musulmon bo‘lsangiz din darsida islom dini o‘tilishi to‘g‘risida maktab ma’muriyati qaror chiqarar ekan.

Bundan tashqari, o‘quvchilar masjidga haftada ikki kun qo‘shimcha ta’lim olish uchun borar ekan va  Qur’oni karimni o‘qishni o‘rganishar ekan.


@odillik_bekati
452 viewsedited  11:41
Ochish/sharhlash
2023-01-15 14:41:10 Ochlikga sabr qilsang, unga Ro‘za deyiladi.
Qiyinchilikga sabr qilsang, unga Matonat deyiladi.
Insonlardan yetadigan ozorlarga sabr qilsang, unga Bardosh deyiladi.
Tilaklarga sabr qilsang, unga Duo deyiladi.
Tuyg‘ularga sabr qilsang, unga Ko‘zyoshi deyiladi.
Sog‘inchga sabr qilsang, unga Xasrat deyiladi.
Sevgiga sabr qilsang, unga Ishq deyiladi.


@odillik_bekati
454 viewsedited  11:41
Ochish/sharhlash