Get Mystery Box with random crypto!

Farzandlaringizning qobiliyatlarini emas, mehnatlarini maqtang | UMR OʻTMOQDA

Farzandlaringizning qobiliyatlarini emas, mehnatlarini maqtang.

Masalan, bolamning xotirasi yaxshi, demang, koʻp takrorlashdan charchamaydi, erinmaydi, mehnatkash deng.

Oson tushunib oladi, demang, tushunmaguncha harakat qilishdan toʻhtamaydi, hafsalali deng.

Binobarin, ular oʻz mehnatlari bilan erishmagan narsalarni maqtashdan koʻra, mehnatlari bilan erishganlarini maqtash samaraliroq va toʻgʻri boʻladi.

Masalan, bolam chiroyli demang, ahloqli deng. Agar koʻrinishini maqtamoqchi boʻlsangiz, namoz va yaxshi ishlarda mustahkam ekanidan yuzi nurli deng.

Zero, qobiliyatiga suyangan odam oʻtirib qoladi, mehnatiga suyangan odam esa oʻzib ketadi.


@odillik_bekati