Get Mystery Box with random crypto!

Bola xato qilgani sari tajriba orttiradi. Bolalarning umumiy | UMR OʻTMOQDA

Bola xato qilgani sari tajriba orttiradi.

Bolalarning umumiy ahloq qoidalari va hayotiy havsizliklariga zid boʻlmagan qilgan xato ishlariga koʻz yumish yoki e'tibor bermaslik kerak.

Chunki ular xato qilganlari sari tajriba orttiradilar.

Tajriba muvaffaqiyat sari odim tashlayotgan kishi uchun eng kuchli xotira sanaladi.
Bola amaliyotda nimalardir qilsagina nimalarnidir kashf qiladi. Agar ota- ona “Oʻgʻlim, qizim bu ishni sen qilma, men oʻzim eplayman” qabilida gaplar aytib farzandining tajriba orttirishiga toʻsqinlik qilsa, uning katta xayotda aynan mana shu ish uchun, boshqalarga muhtoj boʻlishiga sabab boʻlib qoladi.

Bu misolni umumlashtiradigan boʻlsak, katta xayotda asqotadigan koʻp tajribalarni ortirmaslik kishining kelgusi xayotda butunlay boshqa kishilarga muxtoj boʻlib  qolishiga olib keladi.


@odillik_bekati