Get Mystery Box with random crypto!

Bizni deb yashabsiz ona! Onajonim, yagona duogoʻyim, hokisor | Muxlisa Odiljonova | Blog

Bizni deb yashabsiz ona!

Onajonim, yagona duogoʻyim, hokisorim meni. Ona bizni oʻylashdan qachon toʻxtaysiz? Bugunmi, ertagami? Aslo, jannatlarda ham bizni oʻylab, birga boʻlarmikanman, joniga ozorlar yetmayaptimikan deysizku toʻgʻrimi?

Shuning uchun aytishsa kerakda, onani yaratmasin deb...

Hamma mehmonning hurmati 3 kun boʻlsa, siz begona insonning omonatini shuncha yildan beri kaftingiz ostida, omonatimni egasiga topshiray deb asrab yuribsiz.

Biz uchun qilganlaringizni qanday qaytaramiz?

Ona farzandlarim boshi egilmasin deb birovdan yordam soʻramadingiz, roʻzgʻor, ikki farzand, uy ishlari, pul topish bularning barchasiga qanday ulgurgansiz? Oʻzingizni qanday unutgansiz?

Ona surʼatdagi soʻzlarni oʻqidingizmi? Xudo xohlasa sizning shu erkatoy qizingiz Allohning inoyati bilan bomdod namozini Makkatulloh bagʻrida oʻqishingizga harakat qiladi. Shunda ham sizning duolaringiz bilan.

Yaxshiyam borsiz ona. Hali hammasi oldinda. Sizni Alloh uchun yaxshi koʻraman!

https://t.me/Odiljonova_Muxlisa