Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum va rohmatulloh. Dorululum qabuli madrasa, ma | Online darslar | Ustoz Muhammad Odil

Assalomu alaykum va rohmatulloh.

Dorululum qabuli madrasa, mahad va akademiyani bitirganlar uchun davom etmoqda.

Boshlang’ichlar uchun birinchi qabul yakunlangan bo’lib, hujjatlari to’liq va maktab baholari a’lo bo’lgan, yoshlari esa 19 atrofida bo’lganlar suhbatdan o’tkazildi. Hozirda ular uchun Turk tili va Arab tili darslari bo’lib o’tmoqda.

Menga hech qanday xabar kelmadi. Men qabul qilinmadimmi?
Ha, qabul qilinmagan hisoblanasiz.
Agar siz suhbatga qabul qilinmagan bo’lsangiz, maktab bohalaringiz yohud yoshingiz tufayli saralashdan o’ta olmagan hisoblanasiz.

Yana qabul bo’ladimi?

23-avgust madrasalar imtihonidan keyin qayta qabul bo’ladi. Madrasaga topshirgan baholaringiz va maktab baholaringiz bilan saralashdan muvaffaqiyatli o’tsangiz Dorululum Istanbulda o’qishingiz mumkin. ESLATMA: imom domla va o’qituvchilar farzandlari to’liq grand asosida qabul qilinadi, Dorululum to’lovidan ozod qilinadi.

23- avgustda qayta qabulga nima hujjatlar kerak?

Quyidagi hujjatlar kerak. Hujjatni to’liq taqdim qilimaganlar suhbatga kira olmaydi:
1. Pasport yoki ID.
2. Attestat yoki Diplom.
3. Madrasa imtihonida olgan bali.

Avval topshirganlar qayta topshirishi mumkinmi?

Yo’q albatta. Kelasi yil qayta topshirishi mumkin. 23-avgustda yana qayta topshiradigan bo’lsa, qabuli albatta rad qilinadi va kelasi yil qabul imkonini qo’ldan boy beradi. Shunday ekan qayta topshirmay tursinlar.
Qolaversa, o’zini va ustozlarning vaqtini olmaslikka chaqirib qolamiz.

Assalomu alaykum va rohmatulloh.

@muhammadodiluzofficial