Get Mystery Box with random crypto!

Kongil kongil uchun yonib bitganda Barcha umid tugab bosh egil | 𝓞𝓭𝓭𝓲𝔂𝓢𝓱𝓮’𝓻𝓵𝓪𝓻

Kongil kongil uchun yonib bitganda
Barcha umid tugab bosh egilganda
Orzular xammasi sarob bolganda
O’zing bor ekaningni anglab yetasan
Hayot o’tkinchi bu sal tushunadan

Ketgan ulfating bo’lib kulfating
Vafodoring , vafo etsa ofating
Birma bir sotganda ishonganlaring
Dunyoda rohat yo’q anglab yetasan
Hayot o’tkinchi bu sal tushunasan

Sajdaga boshingni qo’yib besh mahal
Yostig’ing chaqadi yotganda tikan
Jannatga umid bor qilasan amal
Bir bir tutib qolsa g’alati yo’tal
Hayot o’tkinchi bu sal tushunasan

Yig’lama, kuyunma, chekma jichcha g’am
Bekorga demaslar dunyoni bir kam
Qidirma topmaysan ba’ribir malham
Bahtlilar bilginki jannatda bo’lar

IMAD AHMADJONOV