Get Mystery Box with random crypto!

Shunchalar yoʻqsanki, har soniyamda, Sogʻinching ming bora ola | ✨❤𝘼𝙮𝙩𝙖 𝙤𝙡𝙢𝙖𝙜𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢💌✨

Shunchalar yoʻqsanki, har soniyamda,
Sogʻinching ming bora olar jonimni.
Ammo bir umrga alishmayman men,
Oʻsha azob bilan oʻtar onimni!

Shunchalar yoʻqsanki, koʻrgan kunimning,
Bahoru-yozida birdek yogʻar qor!
Hoh ishon-ishonma xijron yurtining,
Faqat menga qular osmonlari bor!

Shunchalar yoʻqsanki, qayga yuz tutmay,
Qay gulga boqsam ham sening iforing.
Qanchalar voz kechmay, qancha unutmay,
Tinmay tutaverar meni xumoring!

Shunchalar yoʻqsanki, ismingni aytib,
Borliqni boshiga koʻtarar shamol.
Bir kuni dunyoga kelsam men qaytib,
Seni zor izlashim koʻproq ehtimol!

Shunchalar yoʻqsanki, biron soʻz uqmay,
Seni soʻrayverar bebosh yuragim,
Shunchalar yoʻqsanki Xudodan boshqa,
Hech kimga yoʻq endi mening keragim!