Get Mystery Box with random crypto!

Kuzning so‘nggi kuni... Oxirgi kuni. Oxirgi uchrashuv misoli m | ꧁𝗢𝗗𝗗𝗜𝗬꧂

Kuzning so‘nggi kuni...
Oxirgi kuni.
Oxirgi uchrashuv misoli ma’yus,
Sendek orqasiga bir bor o‘grilmay,
Ko‘z yoshin berkitib ketyapti Kuz.

Sening g‘ururingdek daraxtlari tik.
So‘ngi so‘zlaringdek titragan, ma’sum.
Kuzning isitolmas Quyoshi yanglig‘,
Hazin yuzlaringda soxta tabassum.

Kuzning so‘nggi kuni,
Oxirgi visol,
Ertadan sog‘inchlar fasli boshlanar.
Biz-ku yig‘lamaymiz, faqat sovuqdan,
Yanoqlar qizarib, ko‘zlar yoshlanar.

Kuzga o‘xshadi-yu, ketdi muhabbat,
Endi kunlarimiz qoladi Qishga.
Oooozgina vaqt bersang, ozgina fursat,
To‘yib yuzlaringa qarab olishga..!



@oddiy_2927