Get Mystery Box with random crypto!

2010 yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirish  muddat | OCHUN.UZ | Rasmiy kanal

2010 yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirish  muddati 31 -mart

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

•  2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
•  2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
•  2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
•  2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Eski namunadagi “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga yoki IIBB YHXB murojaat qilishingiz balki uydan turib YAIDXP (my.gov.uz) buyurtma berishingiz mumkin.

ochun.uz