Get Mystery Box with random crypto!

Allohim kechirgin bor  gunohimni,  Rabbim o'zing avf etgin,  m | OCHILDI DOMLA

Allohim kechirgin bor 
gunohimni, 
Rabbim o'zing avf etgin, 
menday gumrohni. 
Yelkamga qo'yibsan ikki 
hamrohni, 
Savob gunohimni yozguvchi 
ikki guvohni. 
Boshimga o’ramay yoshlikdan 
hijob, 
Kalomingni avvalroq qilmadim 
hitob. 
Hech bo’lmasa o’qimadim 
Islomiy kitob, 
Keyin bilsam bariga bor ekan 
hisob. 
Qiyomat kunida yig’ilib barcha, 
Mahshargohda navbatlarin 
kutarlar ancha. 
Seni tanimagan bandang bor 
qancha, 
Jahannam o’tida o’tindir 
parcha. 
Asragin ey Robbim mushrik 
bo’lishdan, 
Do’zahning o’tida kuyib 
yonishdan. 
Seni bilib turib fosiq bo’lishdan, 
Qabrimga kirganda azob 
ko’rishdan. 
Qalbimga taratgin ziyo nurini, 
Sifat qilib bergin hayo durini. 
Hamroh qilib bergin Jannat 
hurini, 
Adashtirmay ko’rsatgin Islom 
yo’lini. 
Allohim gunohlarim kechirgin 
bu kech, 
Sening zikringni aytib tildan 
qo’ymam hech.


http://T.ME/OCHILDI_DOMLA