Get Mystery Box with random crypto!

#duo — Ey Robbim, qancha ne'matni menga ato qilding, unga shu | OCHILDI DOMLA

#duo

— Ey Robbim, qancha ne'matni menga ato qilding, unga shukr qilishim oz bo'ldi!

— Qancha balo bilan sinading, unga mening sabrim oz bo'ldi!

— Ey, ne'matlarga shukrim oz bo'lsa ham, ularni man qilmagan zot!

— Ey, balolarga sabrim oz bo'lsa ham, meni xor qilmagan zot!

— Ey, masiyatlarim uchun meni sharmanda qilmagan zot!

— Ey, sanog'siz va tuganmas ne'matlarning egasi!

— Ey, bitmas tuganmas ma'ruflarning egasi, dunyoyim bilan dinimga yordam ber!

— Taqvo bilan oxiratimga yordam ber!

— Bilmagan narsalarimdan meni saqlagin!

— Mening nafsim istayotgan narsaga meni tashlab qo'ymagin!

— Ey gunoxlar zarar qilmiydigan, kechirishlik mulkini kamaytirib qo'ymiydigan zot!

— Senga zarar qilmiydigan narsada meni kechirgin!

— Seni mulkingni kamaytirib qo'ymiydigan narsani ato qilgin!

— Ya Al-Vahhab! Sendan yaqin yengillikni va go'zal sabrni so'rayman!

— Jamiiyki balolardan ofiyatni va ofiyat uchun shukrni so'rayman! (Amin)


https://t.me/OCHILDI_DOMLA