Get Mystery Box with random crypto!

Braziliya O'zbekistonni mamlakatda elchixona ochishga chaqirdi | 🇨🇦 Canadian life 🇺🇿

Braziliya O'zbekistonni mamlakatda elchixona ochishga chaqirdi

Oʻzbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi Javlon Vahobov Braziliyaga tashrifi chogʻida Milliy Kongress Deputatlar palatasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuvlar davomida Braziliya Tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasi prezidenti Pedro Vilela O‘zbekistonni Braziliyada elchixona ochishga va diplomatik munosabatlarimizni yanada kengaytirishga chaqirdi.

Vakillardan biri Janubiy Amerikaning eng yirik davlati bilan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini alohida ta’kidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, tomonlar soya yetishtirish, goʻsht eksporti, paxtani qayta ishlash, ishlab chiqarish, turizm va havo qatnovi kabi sohalarda maqsadli muzokaralar olib borishi kerak.

Ma'lumot uchun, hozirgacha Braziliyada O'zbekistonning elchixonasi ochilmagan.