Get Mystery Box with random crypto!

Mana yo‘llar uzoq va yaqin, Sensiz yurgim kelmayapti yor. Un | Obauthor

Mana yo‘llar uzoq va yaqin,
Sensiz yurgim kelmayapti yor.
Unutarman degandim ammo,
Hech unutib bo‘lmayapti yor,

Sezasanmi, sog‘inganimni?
Og‘riydimi, yuraging ezib.
Chiqasanmi, sen xam ko‘chaga,
Yurasanmi xayollar surib.

Sevamanu yetolmayman hech.
Yo‘llarim berk, o‘tolmayman hech.
Alamim shu, alamim bitta,
Kechay desam, kecholmayman hech.

Seni menga yomon dedilar.
Meni senga yolg‘on dedilar.
Bizni abgor, bizni xor qilib,
Yallo qilib, yuribdi ular.

Hech kimi yo‘q bir bechoradek,
Qor ostida qolgan loladek,
Yig‘layapman uzun kechalar
So‘ngi nafas, so‘ngi choradek.

Seni isming ayriliq bo‘ldi.
Meni ismim yolg‘izlik, yana.
Gullagan gul dunyolarimni
Ne ahvolga solding, bir qara.

Rashkdan o‘lsam kelma yonimga,
Menga seni rahming kerakmas.
Kelmasliging bilib turib ham
Men sevaman shuni bilsang bas.