Get Mystery Box with random crypto!

Ilmni farz qilgan Allohga hamdlar, tolibi ilm odobini o'rgatib | Nusrat Suhayliy

Ilmni farz qilgan Allohga hamdlar, tolibi ilm odobini o'rgatib, ularni Jannat bashorati ila ilhomlantirgan Rasulimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi vasallamga salovatlar bo'lsin. Ziyoni bizgacha yetib kelishida xizmat qilgan ahli ilm ustozlarimizni o'tib ketganlarini gunohlarini mag'firat qilsin, qolgan ustoz, hamda dindoshlarimizni iymonlarini, zehnlarini salomatda qilsin. Ushbu sahifani yaxshi niyat va hayrli rejalar bilan manfaatli ma'lumotlar, o'qilgan yoki o'qilayotgan kitoblardan iqtibos, mulohazalarimizni berib borishlikni, kelgusida hayotiy tajribalardan foydamizga hujjat bo'ladigan lavhalar bo'lishishlikni niyat qildik, biiznillah. Kanalda nimadir yaxshi narsa ko'rsangiz Allohdan, kamchilik va nuqson ko'rsangiz kamina xodimingizdan deb bilasizlar degan umiddamiz. Boshlanajak ishimizni Yaratganning o'zi qo'llasin, dunyoda ummatga manfaatli, oxiratda foydamizga hujjat qilsin!

Allohumma solli vasallim va barik alayh. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

@NusratSuhayliy