Get Mystery Box with random crypto!

Taroveh namozi: 1. Erkaklarga ham, ayollarga ham ta'kidlangan | Nusratim

Taroveh namozi:
1. Erkaklarga ham, ayollarga ham ta'kidlangan sunnat.
2. Ma'nosi: dam olish, rohatlanish.
3. Miqdori jami: eng ko'pi 20 rakat.
4. Vaqti: Xuftan vaqti kirishi bilan, bomdod vaqti kirgunigacha.
5. Yolg'iz o'qisa ham bo'ladi, ammo jamoat savobidan bebahra bo'linadi. Shu sababidan jamoat bo'lib o'qilgani afzal hisoblanadi.
6. O'qish tartibi 2 rakatdan o'qiladi. Har 4 rakat bo'lganida, 4 rakatli namoz vaqticha o'tirib jismga dam berish mustahab, lekin zikr qilib o'tirilgani a'lo bo'ladi. Bu zikrni bir kishi aytadi, qolganlar quloq soladi.
7. 4 rakatdan keyin dam olish vaqtida ushbu tasbihni 3 marta aytish odat bo'lgan: Subhaana zil mulki val malakut. Subhaana zil ’izzati val ’azomati val qudroti val kibriyayayai val jabarut. Subhaanal malikil hayyillazi laa yanaamu valaa yamuut. Subbuhun quddusun robbunaa va robbul malaaikati varruh. Laa ilaaha illallohu nastag‘firulloh, nasalukal jannata va na’uzu bika minan-naar.
8. Zikrni yod olgunicha kitob yoki biror manbaga qarab aytishni ham karohiyati yo'q.
9. Yuqoridagi tasbih o'rniga o'zi bilgan duolarni qilishi yoki jim o'tirishi ham mumkin.
10. Taroveh namoziga azon va takbir aytilmaydi. Xuftanni farz va sunnatini o'qigach taroveh o'qib keyin vojib vitr namozini o'qishligi yaxshi, vitrdan keyin o'qisa ham bo'ladi. Jamoat bo'linganda vitrni ham jamoat qilinadi. Vitrni 3 rakatini ham imom ovoz chiqarib(jahriy) o'qiladi. Vitrdagi Qunut duosini imom ham iqtido qiluvchilar ham maxfiy(ichida) o'qiydi.
11. Niyati "ikki rakat taroveh namozini o'qishni niyat qildim, yuzimni qiblaga qaratdim, xolisan lillahi taolo Allohu akbar". Imomga iqtido qilinadigan bo'lsa: "ushbu imomga iqtido qildim" degan jumla ham qo'shiladi.
12. Har rakatda Fotihadan so'ng o'zi bilgan suralarni zam qilaveradi. Har rakatida bitta sura zam qilsa ham bo'ladi.
13. Jamoat bo'lib o'qilsa, imom ovoz chiqarib o'qiydi. Muqtadiy(iqtido qiluvchilar) jim tinglaydi. Yolg'iz o'quvchi erkak jahriy yoki maxfiy o'qishi ixtiyori. Ayol kishi maxfiy o'qiydi.

@nusratim