Get Mystery Box with random crypto!

MUSTAQILLIK TABRIGI. Xoxlasang dalangga bugʻdoy ekaver. Yo op | Nurato KANAL

MUSTAQILLIK TABRIGI.

Xoxlasang dalangga bugʻdoy ekaver.
Yo oppoq paxtangni quchoq-quchoq ter.
Chorbogʻda mevalar pishib toʻkilsin.
Bobolar ekkanin farzandlar yesin.
YURTIM MUSTAQILLIK MUBORAK BOʻLSIN!

Bolalaring chopib buyuk togʻlarda.
Boqsinlar suruvni kunduz, kechada.
Ot surib yigitlar, uloqni tortsin.
Toʻylarda otalar palov pishirsin.
OSHXOʻR ELIM ERKING MUBORAK BOʻLSIN!

Istasang choʻllarda chayla qurib ol.
Eng yuksak choʻqqiga xoxla qasr sol.
Ona xalq yerlarga shaharlar qursin.
Bepoyon zamining oʻzingga boʻlsin.
OʻZBEGIM OZODLIK MUBORAK BOʻLSIN!

Oʻttiz bir yosh alp, navqiron yigit.
Parvoz et, olgʻa bos yoʻlingda sobid.
Strategiya boʻylab yurt rivojlansin.
Besh muhim tashabbus elni qamrasin.
VATAN MUSTAQILLIK ABADIY BOʻLSIN!

Tohirov Ulugʻbek.
@Nurota_siti