Get Mystery Box with random crypto!

#Deduksiya #fussilat Angliyalik mashxur yozuvchi Artur Konan | Fussilat

#Deduksiya #fussilat

Angliyalik mashxur yozuvchi Artur Konan Doyl ajoyib kunlarning birida Parijga keladi. Vokzalda bir taksichi unga juda ishonchli qiyofada yaqinlashadi va hech bir so'z demay jomadonini olib, mashina yukxonasiga tashlaydi. Rulga o'tirgachgina tilga kiradi:
– Mse Konan Doyl, qayerga olib borib qo'yay?
– Ie, meni qaydan taniysiz? – deb hayron bo'ladi yozuvchi.
– Birinchi marta ko'rishim, – deb javob beradi haydovchi.
– Unday bo'lsa, menligimni qanday bildingiz?
– Siz tasvirlagan deduktiv usul bilan, – deydi taksichi g'ururlanib. – Birinchidan, Artur Konan Doyl shahrimizdagi “River” oromgohida ikki hafta dam olishini gazetalardan o'qigandim. Ikkinchidan, siz tushgan poezd Marseldan kelyapti. Uchinchidan, yuzingiz qoraygan, bu O'rta dengiz sohillarida kamida o'n kun turganingizdan dalolat. Marsel o'rta dengiz sohilida joylashgan. O'ng qo'lingizning o'rta barmog'idagi siyoh dog'ini ko'rib, yozuvchi ekani­ngizga ishonch hosil qildim. O'zi­ngizni tutishingiz kasbingiz do'xtir ekanini ko'rsatib turibdi. Ana shu mushohada va mulohazalardan so'ng qarshimda mashhur adib, Sherlok Xolms haqidagi hikoyalar muallifi Artur Konan Doyl turganini angladim!
Taksichining so'zlarini eshitib, yozuvchi yoqa ushlaydi:
– Siz deyarli Sherlok Xolmsning o'zi ekansiz-ku! – deb hayqiradi u.
– Axir, arzimas detallardan shunday xulosa yasash hazilakam gapmi!
– Ha, Endi... – deb maqtovlarni to'xtatishga urinadi haydovchi.
– Men yana bir arzimas detalni payqab qoldim.
– Qanaqa detal?
– Jomadoningizga yopishtirilgan yorliqni. Unga sizning ism-sharifi­ngiz o'qlovday qilib yozib qo'yilgan ekan)

Shunchaki Deduksiya haqida