Get Mystery Box with random crypto!

Ideal joyni, ideal narsani, ideal muhitni kutib turish yaramay | Nurli Media

Ideal joyni, ideal narsani, ideal muhitni kutib turish yaramaydi. Uni shunchaki yaratish kerak. Komfort deganda nima tushunasan, do‘stim ? O‘sha komfortni kutish emas, uni yaratish kerak, masalan hozir. Dam olish uchun ta‘tilni kutish kerak emas, hoziroq o‘zingga hobbi deb bilgan mashg‘ulot bilan shug‘ullan, yoki kino tomosha qil, kitob o‘qi. Ko‘chaga chiq, aylan, tabiat manzaralaridan bahra ol. Charchog‘ing chiqadi, albatta. ‘‘Ta‘til tezroq kelsaydi, mazza qilib dam olardim‘‘ deb yurib lahzalarni yo‘qotasanku. O‘sha ta‘tilni kutish bilan ovvora bo‘lib, hoziringni yo‘qotyapsan.

Qachonki, qulayliklar bo‘lsa, keyin o‘qisam bo‘ladi. Kechirasan, qanaqa qulaylik haqida gapirding ? O‘qishning qulaylikka nima dahli bor ? Zamonaviy jihozlar bilan bezatilgan xonada ham, oddiy jihozlardan iborat xonada ham bir xil o‘qisa bo‘ladi. Atrofing chiroyli bo‘lsa bahri-diling ochilib o‘qiysan ? Qo‘ysangchi, men shunday insonni bilaman, atrofida buzilgan devor, eski shkaf, chakka o‘tayotgan tom. Shunda ham o‘qishdan bo‘yin tovlamaydi. Yoki bo‘lmasa o‘ziga komfortni yarata oladi. Sen esa qachon sharoit yaratilsa keyin o‘qiyman deysan. Bu - bahona.

Qulayliklarga ega bo‘lmasa bu mashinaga minmayman deysanmi ? Senga aytsam, biz ketadigan, odam to‘la bo‘ladigan avtobusda ham mazza qilib ketsang bo‘ladi. Qulayliklari yo‘q deysanmi ? Yoningda pozitiv do‘stlaring, hayotingga shukring bo‘lsa hatta liq to‘la avtobusda ham o‘zgacha komfort his qilasan.

Qulaylik bo‘lishini kutib yashash kerakmas. Uni shunchaki yaratish zarur. Ayni damda, ayni lahzada !

@Nurlimedia – kanaliga obuna bo'ling