Get Mystery Box with random crypto!

​​Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi 20 | Dasturlash va matematika

​​Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

2021–2022-o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ro‘yxatda o‘tish quyidagi tartibda bo‘ladi:

abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishi;
imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari;  
chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishi kerak bo‘ladi.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021–2022-o‘quv yili uchun OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatga olish DTMning my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonlari 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.

@ubtuit_uz