Get Mystery Box with random crypto!

'Oʻqimasam ham sinfdan sinfga oʻtaman', 'Hech kim meni bitiray | Dasturlash va matematika

"Oʻqimasam ham sinfdan sinfga oʻtaman", "Hech kim meni bitirayotgan paytim sinfdan sinfga qoldirmaydi" kabi tushunchalar yoʻq qilinmoqda

Maktablarda o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlar muddati va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Joriy yilda barcha umumta’lim maktablarida:

26 maydan 2 iyunga qadar 5, 6, 7, 8 va 10-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari;

26 maydan 15 iyunga qadar 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari og‘zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Quyidagilar sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyasidan ozod etiladi:

Xalq ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomda nazarda tutilgan kasalliklar bilan og‘rigan o‘quvchilar;

xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki maktabdagi imtihon muddatlariga to‘g‘ri kelib qolgan o‘quvchilar.

Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestasiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestasiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qayta yakuniy attestasiyadan o‘tish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestasiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Albattaki, bunday qarorlarning chiqarilishi orqali kattalar(ota-onalar) bolalar(oʻquvchilar) ongidagi yuqoridagiga oʻxshash sterotiplar yoʻq qilinsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi.


Manba : #Abituriyentlar_portali


T.me//nurli_kelajak_rm_math