Get Mystery Box with random crypto!

2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’ | Dasturlash va matematika

2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Mamlakatimizda hukm surgan murakkab pandemiya jarayoni ancha qiyin kechdi. Bunday og‘ir sharoit har bir tizim uchun katta sinov bo‘ldi, yakdilligimiz, bolajonligimiz sinovdan o‘tdi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

 Ana shunday vaziyatda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish ham oson bo‘lmadi. Ammo ish to‘xtab qolgani yo‘q. Rejalar bor, abituriyentlar va umuman imtihon topshirishi kerak bo‘lgan barcha tizimlar uchun yangiliklar qilinyapti. O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zA muxbiri test tizimidagi yangilik va yengilliklar, amaliy ishlar xususida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majid KARIMOV bilan suhbatlashdi.

– Davlat test markazi faqat OTM uchun test tayyorlaydi, ular “mavsum” bo‘lmasa, bekor o‘tiradi, degan fikrlar mavjud.

– Davlat test markazi, jamoatchilikning kattagina qismi o‘ylaydigandek, yil davomida faqat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun test sinovlarini o‘tkazish bilan shug‘ullanmaydi, bir yilda bu kabi tadbirlardan yana 27-28 tasini o‘tkazadi. Aytishga oson, test sinovlariga sifatli tayyorgarlik ko‘rish, jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, test sinovi jarayoni uchun davlat boshqaruvidagi deyarli barcha tizim jalb etiladi, hamkorlik qilinadi.

Shu o‘rinda 2020/2021 o‘quv yilida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun test sinovlarini yodga olsak. Aytish lozimki, o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan test sinovlari oldingilaridan tubdan farq qildi.
 
Masalan, 1 304 194 nafar abituriyent ishtirokida test sinovlarini o‘tkazish uchun 65 ta ochiq ob’yekt tayyorlandi va 2708 dona, jumladan, 137 dona shaxsni identifikasiyalash, 2434 dona stasionar va 137 dona aylanma kamera, shuningdek, 126 dona metall detektor, 347 dona zaxira elektr manbai (UPS) bilan jihozlandi.

Batafsil https://bit.ly/36kZghS

Abituriyentlarga ulashing
T.me/nurli_kelajak_rm_math