Get Mystery Box with random crypto!

Baʼzi musulmonlarning ishlari ajoyib! Ushbu ulugʻ kunlardagi | Nurli_Chiroq

Baʼzi musulmonlarning ishlari ajoyib!

Ushbu ulugʻ kunlardagi ibodatlarida Robbilaridan:
Ey Robbim, Sen afv qiluvchisan va afv qilishni yaxshi koʻrasan. Meni afv et”,
deb duo qiladilar-da, ammo oʻzlari odamlarni, yaqinlarini, qarindoshlarini va birodarlarini afv qilib, kechirishmaydi.
Axir u kishi Allohdan afv qilishini talab etib, bandalarni kechirmaslikdan uyalmaydimi?
Ey Allohning bandalari!
Kechirimli boʻlinglar, shoyad Alloh ham sizlarni kechirsa!

Alloh taolo bu haqda:
Bas, avf etsinlar, oʻtib yuborsinlar. Alloh sizlarni magʻfirat qilishini xush koʻrmaysizlarmi?!
(Nur surasi, 22 oyat), deb aytgan.

Avf eting! Avf eting! Avf eting!

Kanalga aʼzo boʻling.

@Nurli_Chiroq