Get Mystery Box with random crypto!

Sevdim.. Qalbim qiynogʻida yondim shunchalar, Azobing shirind | SOG'INGAN QALBLAR

Sevdim..

Qalbim qiynogʻida yondim shunchalar,
Azobing shirindur bersang qanchalar,
Yuragim sarsona  boʻlsin nechalar,
Men seni baribir oʻzgacha sevdim.


Koʻksimni oʻrtasa qaygʻu alamlar,
Atrofing burkasa nozli  sanamlar,
Koʻnglimni ezgʻilar ayro alamlar,
Men seni baribir oʻzgacha sevdim.


Soʻzlaring jonimni olib ketgandir,
Olib qaro yerga solib ketgandir,
Vasling  xumorini istab ketar dil,
Men seni baribir oʻzgacha sevdim.


Borligʻim hayotim sen oʻzing  deding,
Bu  hayot yoʻlimda qolmading  ketding,
Bilmam ne sababdan sevgingdan  kechding,
Men seni baribir oʻzgacha sevdim.


Bagʼritosh koʻksimni tirnala mayli,
Zardalar qilsang ham roziman mayli,
Lek rozi boʻl senga boʻlayin Layli,
Men seni baribir oʻzgacha sevdim.


SOG'INGAN QALBLAR
kanaliga obuna bo'ling

@Nurimsankuu
https://t.me/joinchat/AAAAAEz4K5mNu_MCefiMSA