Get Mystery Box with random crypto!

Sog‘indim oy kabi nurli yuzingni. Tun qorong‘usidek mayus ko‘z | SOG'INGAN QALBLAR

Sog‘indim oy kabi nurli yuzingni.
Tun qorong‘usidek mayus ko‘zingni.
Hech biri hali ham yodimdan chiqmas.
Sog‘indim sog‘indim degan so‘zingni.

Gohida rasminga nazar solaman.
Hayolan o‘zimcha xabar olaman.
Sen bilan o‘tkazgan kunlarni eslab.
Hammadan bekinib yig‘lab olaman.

Sen ketding kunimda mazmun yo‘qoldi.
O‘rningni yolg‘izlik egallab oldi.
Sensiz urishdan ham tolgan yuragim
Bilsayding alamlar qay kuyga soldi.

Endi olislardan qarayman senga.
Sog‘inchli so‘zlarim atayman senga.
Kim bilan qayerda bo‘lmagin mayli.
Sening Borligingni o‘zi baxt menga.

Umid nihollarim unmay so‘lsada.
Ayriliq armonning ko‘ngli to‘lsada.
Mayli diydorlashish etmasin nasib.
Seni sevar edim gunoh bo‘lsada.


@Nurimsankuu
https://t.me/joinchat/AAAAAEz4K5mNu_MCefiMSA