Get Mystery Box with random crypto!

Nuriddinoff - IT Blog

Telegram kanalining logotibi nuriddinoff_blog — Nuriddinoff - IT Blog N
Telegram kanalining logotibi nuriddinoff_blog — Nuriddinoff - IT Blog
Kanal manzili: @nuriddinoff_blog
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.06K
Kanalning ta’rifi

IT va Freelance'ga oid shaxsiy blog
Barcha savollar yuzasidan: @Yusarsif
Reklama: t.me/techno_ads/111

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 55

2021-12-07 09:02:49
Telegram kanallaridan kelaveradigan behuda SMS lardan zerikdingizmi? Bizda siz uchun ajoyib yechim bor!

Barcha sohaga aloqador dolzarb yangiliklar va tanqidiy mulohazalar, foydali programma va ssilkalar, biznes va marketing bor yo'g'i bitta blogda jamlangan! Eng keraklilarini birinchilar qatorida bilib oling.

Kanal faqat rivojlanishni tanlaganlar uchun: @oscar_blog

P.S: Bu O'zbekistonda yashab Amerikacha maosh topayotgan yigitning blogi
16.7K views06:02
Ochish/sharhlash
2021-12-06 16:26:12
Qanday comp sotib olsam ekan-a okasi?

Ko’plab obunachilarimiz IT sohani o’rganmoqchiman va qanday comp sotib olay degan savol bilan murojaat etishayapti.

Agar dizayn va dasturlash yo’nalishida faoliyat olib bormoqchi bo’lsangiz quyidagi konfiguratsiyadan kichik bo’lmasligi kerak:

Protsessor: Intel Core i5
Operativ xotira (ОЗУ): 8 GB DDR4
Video karta: 2 GB NVIDIA GeForce
Qattiq disk: 1 TB HDD va qo’shimcha 256 yoki 512 SSD
Monitor: Full HD 1920x1080

@nuriddinoff_blog
16.9K views13:26
Ochish/sharhlash
2021-12-05 12:02:12
Audiochatga oz qoldi

Bugun ushbu blogda soat 20:00 da “Mardikorlikdan frilansga yoxud Amerikacha maosh topayotgan o'zbek o'g'loni” nomli onlayn suhbat tashkil etamiz.

Mehmonimiz: Oscar Hosam – Senior Product Dizayner, Frilanser, Ucell, O’zR Moliya Vazirligi, UNICON va bir necha yirik kompaniyalar bilan mega loyihalarni amalga oshirgan.

@nuriddinoff_blog
18.5K views09:02
Ochish/sharhlash
2021-12-04 17:44:48
Frilanser uchun moddiy yordam

Dizayn va dasturlash yo’nalishida faoliyat olib boradigan frilanserlarga motivatsiya bo’lishi maqsadida kichik ishga qo’l urdik.

Agar loyihalaringiz uchun Freepik.com saytidagi pullik illustratsiyalar kerak bo’lsa, sotib olib beramiz.

Xolis Alloh uchun duo qilib qo’ysangiz, shuning o’zi biz uchun eng katta baxt.

Kerakli shot’ning linkini quyidagi profilga yuboring: @Yusarsif

@nuriddinoff_blog
19.2K viewsedited  14:44
Ochish/sharhlash
2021-12-03 14:30:03
Opa-singil dizaynerlar uchun ilk networking

Shu hafta oxirida dizayn yo’nalishida faoliyat olib borayotgan qizlar uchun onlayn seminar tashkil etiladi.

Spikerlar: Maddoosh, Madina Mavlonova va Dilorom Alieva.

Bu yopiq tadbir bo’lib, unda faqat dizayner qizlar ro’yxatdan o’tgan holda qatnashish imkoniga egalar.

Batafsil: Networking

@nuriddinoff_blog
17.2K views11:30
Ochish/sharhlash
2021-12-02 18:36:18
Frilansda dizaynerlarga non bormi?

Dizaynerlik kasbini o’rganib, frilansda pul topa olmasamchi degan fikr kelsa, qaror chiqarishga biroz shoshilmang!

Frilans bozorida avval ham, hozir ham bu soha egalariga talab katta!

Agar UI/UX, Web Desing va Graphic Design yo’nalishlaridan birini tanlasangiz, ishoning sizni yorqin karyera kutmoqda.

Narx masalasida orientatsiya olishingiz uchun loyihalarimdan birini postda qoldirdim.

Ushbu UI - dizaynni 2012 – yilda iOS platformasida ishlaydigan mobil ilova uchun sharqona stilda chizib, ish beruvchi tomonidan 700$ olganman.

@nuriddinoff_blog
16.9K views15:36
Ochish/sharhlash
2021-12-02 16:45:58 Yuqoridagi postni nima uchun joylashtirganimizni Videomax.uz xodimi va mening o'rtamda bo'lib o'tgan muloqotni ko'rib, o'qib va eshitgan holda bilib olsangiz bo'ladi.

Muloqotni quyidagi kanalga yukladik: @Videomax_muloqot
15.4K views13:45
Ochish/sharhlash
2021-12-02 16:22:46
Videomax.uz kursining reklamasi siz foydalanayotgan @ITSchoolUZ_Bot ga bugun kelib tushdimi?
Anonymous Poll
63%
Men botdan foydalanaman, Videomax kursi menga keldi!
18%
Men botga ulanganman, lekin bot taklif etgan kanalga a'zo bo'lmaganman!
19%
Men botdan foydalanaman, lekin Videomax kursi menga kelmadi!
2.1K voters15.6K views13:22
Ochish/sharhlash
2021-12-02 16:22:06 Biz firibgarmizmi?

Bugun bizni va biz tashkil etgan loyihani Videomax.uz tashkilotining xodimi firibgarlikda aybladi.

Hurmatli obunachilarimiz, xolis Alloh uchun bir masalaga oydinlik kiritishda yordam berishingizga muhtojmiz!

Kim agar bizning @ITSchoolUZ_Bot virtual maktabimizdan foydalansa, bugun botda Videomax tomonidan taqdim etilgan kurslarni reklama qildik.

Botimizni to'liq ishga tushirib, bot sizga taklif qilgan kanalga ulanib, botdagi tekshirish tugmasini bosgan bo'lsangiz ushbu reklama posti sizga yetib borgan bo'lishi kerak edi.

Xolis Alloh uchun quyidagi savollardan birini tanlanshingizni so'raymiz! Va Videomax reklama posti siz foydalanayotgan @ITSchoolUZ_Bot ga kelib tushgan bo'lsa, ushbu chatga reklama postini rasmga olib yuborishingizni iltimos qilamiz.
15.7K views13:22
Ochish/sharhlash
2021-12-01 17:25:48
iOS dasturchilar kamligidan kompaniyalar yuqori maosh taklif qilmoqda

Dasturlashni o’rganmoqchisiz, lekin yo’nalish tanlashda qiynalyapsizmi?

Shaxsan men raqobat kam va daromadi katta bo’lgan iOS dasturlashni taklif etaman.

Sohaga kirib kelishingizda 8 dekabr Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladigan “iOS yordamida mobil ilovalar yaratish” nomli onlayn webinar yordam beradi.

Dars davomida quyidagilarni o’rganasiz:

- iOS va Android platformalardagi farq
- Bu yo’nalishda o’z yo’lingizni topishingiz uchun kerakli bilim va ko’nikmalar
- Ilk ilovani yakka holda yoki jamoa bilan yaratgan maqulmi?

~ Ro’yxatdan o’tish: iOS_Dev_Web

@nuriddinoff_blog
17.7K views14:25
Ochish/sharhlash