Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Tech Award tanlovi qiziqarli chellenj e’lon qildi | Nuriddinoff - IT Blog

Prezident Tech Award tanlovi qiziqarli chellenj e’lon qildi

Gap shundaki, startapingizga eng mos yo'nalishni aniqlash uchun tanlovning rasmiy veb-saytida testdan o'tasiz va shu orqali qaysi sohalarda ko'proq loyihalar borligi ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, sizda saytning desktop versiyasidagi o'yinda ishtirok etib, sovrinlarni qo'lga kiritish imkoni bor.

Maʻlumot uchun, President Tech Award – raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap loyihalari uchun tanlov boʻlib, uning mukofot jamgʻarmasi 1 mln dollarni tashkil qiladi.

Tanlov asosiy (5 ta toifa) va maxsus (xakaton) yoʻnalishdan iborat. Asosiy yoʻnalishning har bir toifasida gʻoliblar quyidagi mablagʻlarni qoʻlga kiritishadi:
1-oʻrin — $100 000;
2-oʻrin — $50 000; 
3-oʻrin — $30 000.

Xakatonda gʻolib boʻlgan jamoa esa $100 000 pul mukofotiga erishadi.

Shoshiling, roʻyxatdan oʻtib, eng yaxshi startap-loyiha yaratuvchisiga aylaning!

Ariza topshirish uchun: awards.gov.uz

Barcha savollar boʻyicha: @PresidentTechAward