Get Mystery Box with random crypto!

PMHS sotuv formulasi Yodingizda bo'lsa Kopirayting’da ishlati | Nuriddinoff - IT Blog

PMHS sotuv formulasi

Yodingizda bo'lsa Kopirayting’da ishlatiladigan AIDA formulasi to’g’risida post yozgan edim.

Bugungi postda yana bir samarali PMHS modeli to’girisida ma’lumot beraman.

PMHS asosan mijozning og’riqli jihatiga ta’sir o’tkazish orqali ishlaydi:

P (Pain) – Og’riq

Bu bosqichda asosiy fokus siz taklif etayotgan mahsulot mijozning eng og’riqli masalasini hal qilishiga qaratiladi.

M (More Pain) – Og’riqni kuchaytirish

Ushbu bosqichda mijoz sizning taklifingizga rozi bo’lmasa muammo yanada chuqurlashishiga urg’u beriladi.

H (Hope) – Umid

Mijozga muammolarni hal qiluvchi qaror borligi aytiladi.

S (Solution) – Yechim

Siz mijozni o’z mahsulotingizga qiziqtirib ulgirdingiz va endi esa uni sotishingiz mumkin.

Kelasi postda PMHS asosida yozilgan reklama postini ko’rsataman.