Get Mystery Box with random crypto!

Ota-onamizga yaxshilik qilish... Ikrom Sharif ustozning bir m | Nuriddin Mo'sojonov | Shaxsiy rivojlanish va zamonaviy darslar

Ota-onamizga yaxshilik qilish...

Ikrom Sharif ustozning bir maruzasini eshitib turgan edim, ota-onaga yaxshilik ,shukr qilish va minnatdorlik qilish haqida judaham foydali gaplar aytidilar.

Ota onamizga biz bersak alloh bizga ko'p qilib boshqa joydan berib qo'yar ekan, yaqinda buni guvohi bo'ldim.

Ota onamga imkonim bo'lib, yordam qilgan edim. Birorta loyiha va qo'shimcha ishlar chiqmay yurgan bir vaqtda,bu oy bo'sh vaqtim qolmay qoldi.

Yoshlarbop qilib aytganda, berganimdan 5x barobar qilib alloh kutmagan joyimdan risqlantirib qo'ydi.Bu uchun allohga shukur

Shayton iymoni sust bo'lgan insonlarni vas-vas qiladi,ehson qilsang "Puling kamaiyib qoladi" deb.

Allohning vadasi esizmidan chiqib qoldimi?

Barchamizni Ehson qiluvchi qo'llardan qilishini so'rab qolaman.

Kunilar hayrli o'tsin!

@Nuriddin_Mosojonov blogi