Get Mystery Box with random crypto!

“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” tadbiriga start berildi! M | Alimoff

“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” tadbiriga start berildi!

Marafon avvalida qatnashchilar uchun raqs va ashula ansambli xonandalar ishtirokida musiqiy dastur namoyish etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi, V.V. Maxmudov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z. B. Maxkamova, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. R. Bobojonov, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi Sh. T. Qudratxo‘jalar so‘zga chiqib, yurtimizda sog‘lom turmush tarziga, ayniqsa yoshlar tomonidan yugurish sport turi bilan faol qatnashishlari, ularning mahorati kun sayin o‘sib borayotganini, shuningdek, bugun bo‘lib o‘tgan yugurish tadbiri ham ana shunday sportga ishtiyoqi baland yoshlarni bir safda jamlaganini ta’kidlab, sportchilarga omadlar tilashdi.

Shundan so‘ng bir vaqtning o‘zida bosh sovrin 10 mln so‘mni tashkil etuvchi Yangi O‘zbekiston bog‘ida va butun yurtimizning barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida 3000 metrga yugurish tadbiriga start berildi.

Marafon jarayonida bulutli, yomg‘irli havo bo‘lishiga qaramay yoshlar faol ishtirok etishdi. Marafonning taqdirlash marosimida esa "Eng yosh sportchi", "Eng chaqqon ishtirokchi", "Eng dovyurak ishtirokchi" kabi turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari va asosiy sovrindorga 10 mln so‘m pul mukofoti tantanali topshirildi.

Bir so‘z bilan aytganda bugungi o‘tkazilgan yugurish tadbirida qatnashgan yoshlarga cheksiz quvonch, shijoat va g‘ayrat, ulkan taassurotlar qoldirdi.

Tadbir yakunida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Vatanparvarlik marshi“ namoyishi bo‘lib o‘tdi.