Get Mystery Box with random crypto!

Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mli | Alimoff

Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti

XushnudbekUz kanali jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish maqsadida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qiladi.

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat va nodavlat taʼlim muassasalari uchun

Qaysi yo’nalishlar uchun: jurnalistika sohasidagi barcha yo’nalishlar uchun

Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

Necha kishiga beriladi: 25 nafar

Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 3 mln so‘mdan (jami 75 mln so‘m)

Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

Onlayn ariza yuborish:

https://imkon.uz/metsenat/122

Grant bo’yicha biror muammo yoki tushunmovchilik yuzaga kelsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


@xushnudbek