Get Mystery Box with random crypto!

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi | Alimoff

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi muddati o‘zgardi

Ko‘plab yoshlarning takliflarini inobatga olgan holda arizalarni qabul qilish muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi.

“O‘zbekiston yoshlari forumi” doirasida butun mamlakat bo‘ylab keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilayotgan loyihalarda tanlovga ariza yuborgan yoshlarning aksariyati qatnashayotganligi, qolaversa yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida tanlovning saralash bosqichi 27-28-29–dekabr sanalariga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.

O‘ylaymizki bu vaqt yosh kitobxonlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.

Yosh kitobxon tanlovining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
Telegram • Instagram • Facebook • Youtube