Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​Dasturchilik darajalari Beginner — Boshlovchi. Bu dast | Frontend and Backend

​​​​​​Dasturchilik darajalari
Beginner — Boshlovchi. Bu dasturlashni endigina boshlaganlarning darajasi. Masalan, savol berayotganda, beginnerman desa, odamlar unchalik ham uni yomonlamaydi, chunki har doimgidek, savol juda sodda bo‘ladi.
Junior — Kichik. Beginnerdan o‘tgan, dasturlash tilini yomon bilmaydi, ishlaganiga 4-5 oydan o‘tgan, 1-2 ta qilgan ishlari bor progerlar. Odatda ishga kirishda juniordan boshlashadi
Middle — O‘rta. Juniordan o‘tgan, ishlaganiga 1 yildan oshgan, dasturlash tilini yaxshi biladi, tajribasi bor, portfolioda ishlar ko‘p.
Senior — Katta. Bu o‘sha dasturlash tilini juda yaxshi biladigan, ayni bir kerakli freymvorki bilan yaxshi ishlaydigan, qila olmaydigan ishining o‘zi yo‘qligi bilan maqtana oladiganlarni Senior Developer deyishadi. Ish tajribasi yili 3+.
Team Lead — Jamoa boshlig‘i. Bu daraja jamoada ishlaydiganlar uchun. Siz ayni bir jamoada ajralib tursangiz, proyektlarda faol bo‘lsangiz, gapingiz ko‘p kishiga o‘tsa, demak siz timlidsiz.
@web_dasturlash_web