Get Mystery Box with random crypto!

Duolarga qorishib so‘zi, Ko‘zyoshlardan yuvilar yuzi. Beshikla | Nurafshon

Duolarga qorishib so‘zi,
Ko‘zyoshlardan yuvilar yuzi.
Beshiklarga qotmayin ko‘zi,
Farzandsizga farzand ber Xudo!
Bolam debon so‘zlashga zor til,
Ming o‘ylovda xasta bo‘lgan dil.
Bo‘larmikin murodi hosil?!
Farzandsizga farzand ber Xudo!
Halovatin unutib qo‘ygan,
Birovlarning bolasin suygan,
Farsandsizlik dog‘ida kuygan,
Farzandsizga farzand ber Xudo!
Men tilayman ularga tilak,
Orom olsin bag‘rida go‘dak.
Ona uchun yana ne kerak?!
Farzandsizga farzand ber Xudo!

Ko'rish, Ko'chirish

Telegram.me/Shoxrux_Piskent