Get Mystery Box with random crypto!

“UZAUTO MOTORS”DAN E’LON Ushbu e’lon Chevrolet Lacetti va C | NURAFSHON AVTOCENTR

“UZAUTO MOTORS”DAN E’LON

Ushbu e’lon Chevrolet Lacetti va Chevrolet Labo avtomobilini 2021 yilning oktabr-noyabr oylarida kutayotgan xaridorlariga qaratiladi.

Kompaniya avtomobilni yetkazib berish boʻyicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma’lum qiladi.

Boshqacha aytganda, “UzAuto Motors”ga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli, yarimo'tkazgichlardan (mikrochiplardan) tayyorlangan butlovchi qismlarning global taqchilligi sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qo'llashga hamda 3.1 bandda koʻrsatilgan Chevrolet Lacetti hamda Labo avtomobillarining kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.

“UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora iste'molchilar tomonidan toʻgri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda.

Shuningdek, Hurmatli xaridorlar, sizni ishontirib aytamizki, uzoq kutilgan avtomobilingizni imkon qadar tezroq olishingiz uchun qo'limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni qilamiz.