Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni insonlarning mahshargohdagi holatlari va ko'rinishla | Nuqta🎗

Bir kuni insonlarning mahshargohdagi holatlari va ko'rinishlarini tasvirlab beruvchi qisqa metrajli film(video)ga ko'zim tushdi.
Juda ayanchlik holatlar aks ettirilgan.
Yolg'onchiga, g'iybat qilganga, o'g'riga, ota onasiga oq bo'lganga, vatanini sotganga, hullas Alloh qaytargan qanday amal bo'lsin barcha qaytarilgan amallar egalarining mahshargohdagi holatlari, qanday qiynqoqqa tortilishlari haqida batafsil aytib berilgan.
Qaysi bir qaytariqqa qanday jazo, uqubat berilishi va jazolanuvchi qanday afsus qilishi haqida yoritilgan.
Bir narsa meni qiynadi
Har bir qaytariq (qaytarilgan amal)ning albatta bir jazosi bor, va mana shu qaytariqlarning har biridan bizda bor.
(Yani yomon amallarni bir kishi o'zida jamlagani tushuntirilgan)
Tushunyapsanmi
#birodar hammasidan bor hamma qaytariqlardan bor yolg'on deysanmi g'iybatmi, dunyo talashishmi, urushmi janjalmi, kimnidir ko'ra olmaslikmi, yaxshilikga yomonlikmi, birovni haqqini yeyishmi, hamma hammasi bor bizda.
Faqat biz namoz o'qiyman, kitob o'qiyman, ro'za tutamanku deya yaxshi amallarimizga suyanib qolganmiz.
Va suyanganimizdan asli yuzimiz yashirinib olgan, hatto gunohlar esimizdan chiqib ketgan.
Ammo aslidachi aslida qandaymiz
Axir o'zimizga bir insof ila nazar solmaymizmi vijdonan nazar solmaymizmi!?

#birodar

#Qalbdan_gapiramiz

Nuqta