Get Mystery Box with random crypto!

​YouTube haqorat va spam sharh(komment) yozganlarni 24soatga c | N-TECH.UZ

YouTube haqorat va spam sharh(komment) yozganlarni 24soatga cheklaydi

YouTube spam va haqoratlarga qarshi siyosatini yangiladi: xizmat bunday turdagi izoh qoldirgan foydalanuvchilarning sahifalarini vaqtincha bloklaydi.

YouTube hamjamiyat tartib-qoidalarini birinchi marta buzganlik uchun foydalanuvchiga ogohlantirish yuboradi. Agar foydalanuvchi haqoratomuz yoki spam xabarlarni qoldirishda davom etsa, uning profili bloklanadi, u 24 soat davomida sharh qoldirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Googlening fikricha, bunday choralar haqoratomuz xabarning qayta yozilishi ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Hozircha tizim faqat ingliz tilidagi sharhlar bilan ishlaydi, biroq keyingi bir necha oy ichida boshqa tillarda ham boʻladi.