Get Mystery Box with random crypto!

BIZ BLOK TESTGA TAYYORMIZ! SIZ-CHI? Bugun, 4-fevral kuni ' | NSP LEARNING CENTRE

BIZ BLOK TESTGA TAYYORMIZ! SIZ-CHI?

Bugun, 4-fevral kuni "NSP" o'quv markazi tomonidan barcha abituriyentlar uchun BMBA (eski DTM) standartlari asosidagi testlardan 5 ta fandan blok test tashkil etiladi!

Blok test yo'nalish bo'yicha faqat o'zbek tilida online tarzda bo'lib o'tadi.

Boshlanish vaqti: 20:00

Blok test qaysi yo'nalishlar bo'yicha bo'ladi?

Javob: Imtihonlar 1 ta yo'nalish bo'yicha asosiy hamda majburiy fanlardan olinadi. Bular quyidagilar:

1. Biologiya + Kimyo


E'tibor qiling, ushbu yo'nalishda majburiy fanlar bloki bo'yicha O'zbekiston tarixi, ona tili, matematika fanlaridan test sinovlari taqdim etiladi.

Savollar soni nechta bo'ladi?

Javob: Test savollari soni xuddi DTM andozasi kabi mutaxassislik blokidan 30 tadan jami 60 ta test savoli, hamda majburiy fanlar blokidan 10 tadan jami 30 ta test savoli taqdim etiladi. Mutaxassislik testlarining har bir to'g'ri javobi 3.1 va 2.1 balldan, majburiy fanlarning har bir to'g'ri javobi 1.1 balldan hisoblanadi. Savollar qiyinlik darajasi DTM standartlari bilan bir xil bo'ladi.

Unutmang! @nsp_lc kanaliga test alohida tashlab beriladi!

Testlarni ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

Javob: DTM standartlaridan kelib chiqqan holda, soat 20:00 da beriladigan testlarni yechish va javoblarni yuborish uchun 3 soat 30 minut vaqt beriladi.

HAMMANGIZGA OMAD YOR BO'LSIN !

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram Instagram YouTube