Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Buxoro v | NOZIMA XOLIKOVA | Bukhara LPA

Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Agentlik hududiy vakilligi tomonidan har haftaning juma kunlarida chet elda malaka oshirib qaytgan, mahoratli pedagoglar tomonidan turli darslar, taqdimotlar tashkil etilib kelinadi.
Navbatdagi ishtirokchi 10ga yaqin xalqaro loyihalar muallifi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Axmedova Mehrinigor Bahodirovna tomonidan "Motivative classes: how to write an article and researches, foreign relations and set a goal to visit foreign countries" mavzusida taqdimot qilindi.
Doimiy va faol ishtirokchilarimizga agentlik hamda ma'ruzachidan kitob va posterlar taqdim etildi.