Get Mystery Box with random crypto!

Nahot... Tunlaringni halovatsiz qilar bedor, Yuragingni xasta | Noyob She'rlar |Rasmiy°

Nahot...

Tunlaringni halovatsiz qilar bedor,
Yuragingni xasta qilar etib bemor.
Bir ozorni beraverar takror-takror,
Nahot shunday achchiq bo'lsa ishq degani.

Yolg'on kursatmas yuzdagi pardalari,
Hanjar kabi sanchiladi zardalari.
Og'ir botar hiyonatning zarbalari,
Nahot shunday achchiq bo'lsa ishq degani.

Sadoqatni qo'rqoqlik deb atashadi,
Yor ko'zlari tillolarga qamashadi.
Bilib turib xato qilib adashadi,
Nahot shunday achchiq bo'lsa ishq degani.

Chidolmayin sinovlarning ozoriga,
Sevgisini narxlashar ishq bozorida.
Minglab sevgi kumilgan qalb mozorida,
Nahot shunday achchiq bo'lsa ishq degani.

Kimlardur o'z yorin o'tda yoqib ketar,
Har bir so'zi chayon kabi chaqib ketar.
Muhabbati ko'zyoshida oqib ketar,
Nahot shunday achchiq bo'lsa ishq degani.

Past ketgisi kelmas kukda yurishadi,
G'ururini baxtdan ustun bilishadi.
Sevib turib hiyonatlar qilishadi,
Nahot shunday achchiq bo'lsa ishq degani.

Hiyonat sababchi umr zavoliga,
Ko'plar qolgan muhabbatning uvoliga.
Javob bormi Komolaning savoliga,
Nahot shundayin achchiqmi ishq degani...!


- Komola Qiz

A'zo bo'ling @NoyobSherlar