Get Mystery Box with random crypto!

Og'riq... Eng quvonchli kunim bugun hursandmasman, Yuragimda | Noyob She'rlar |Rasmiy°

Og'riq...

Eng quvonchli kunim bugun hursandmasman,
Yuragimda bir og'riq bor dardga to'ldim.
Ko'zlarimdagi yoshim to'htatolmasman,
Bugun Otajonimsiz men kelin bo'ldim.

Hamma hursand qalbi baxtga to'lib turar,
Ichimdagi dardlarimni qaydan bilar.
Onajonim pinhon yig'lab kulib turar,
Bugun Otajonimsiz men kelin bo'ldim.

Sabr qilsak sinov berar Qodir Egam,
Mening sabrim sinadimi sizla Otam.
Bugun baxtli kun, -Men uchun esa motam,
Bugun Otajonimsiz men kelin bo'ldim.

Do'stlarining qatorida yurolmadi,
Hamma kurgan baxtni Otam kurolmadi.
Bugun hamma kelgan shu baxtli kunimda,
Yonginamda Otajonim turolmadi.

Dil yig'lar hursandchilik kungilga sig'mas,
Qanday kulay shu bir og'riq tinchlik bermas.
Otamsiz hovullab qolgan hovlimizga,
Onajonim yolg'iz tashlab ketgim kelmas.

O'pib hovlimizda qolgan izlarini,
Eslab menga qarab turgan ko'zlarini.
So'ngibora eshitsaydim Otajonim,
Baxtli bo'lgin degan so'ngi so'zlarini.

Qismat ekan taqdirim shu ho'p tan oldim,
Bugun Otajonimsiz men kelin bo'ldim...


- Komola Qiz

A'zo bo'ling @NoyobSherlar