Get Mystery Box with random crypto!

Begim, qaylardasiz, sizni sogʻinib, Qon boʻldi yuragim, dilim | Noyob She'rlar |Rasmiy°

Begim, qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Qon boʻldi yuragim, dilim ming pora.
Bu oʻtda ketmasin desangiz yonib,
Iltifot etsangiz bizga bir bora.

Begim, qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Figʻonim falaklar bardoshin yengdi.
Qismatning mugʻombir makriga koʻnib,
Tunu-kun tinmayin yigʻlayman endi.

Begim qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Bazoʻrga ilinib turibdi jonim.
Bagʻrimning qonidan ichdiyu qonib,
Soʻng duvdek toʻkildi shoda marjonim.

Begim,qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Bu telba koʻngildan kechib boʻlmadi.
Axir nimalarga ketmadim koʻnib,
Dali devonadan farqim qolmadi.

Begim, qaylardasiz, sizni sogʻinib,
Qiynoqlar qahriga giriftor boʻldim.
Oʻsha zaxarlardan achchiq hijron deb,
Kunda ming tirilib, kunda ming oʻldim.


Begim,
Qaylardasiz...
Yana sogʻinib....

A'zo bo'ling @NoyobSherlar