Get Mystery Box with random crypto!

ESLASH Men shu yomg'irlarda seni esladim, Chehrangni eslatdi | Noyob She'rlar |Rasmiy°

ESLASH

Men shu yomg'irlarda seni esladim,
Chehrangni eslatdi ezg'in yomg'irlar.
Mayus xazonlarning quloqlariga,
Tomchilar men keldim deya shivirlar.

Qachon ko'rishamiz bilmayman yana,
Qachon diydoringga to'ygaydir ko'zim.
Tushun xazonchexra oshiqlar kabi,
Xazonga aylanib ketyapman o'zim.

Nadomat shamoli esdi bog'larda,
Daraxtlar mung'aydi qoldi keksayib.
Men kuzning bag'riga iymanib kirdim,
Kuz meni bag'riga bosdi jilmayib.

... Lekin sen qaydasan shunday damlarda,
Bog'larda axir kuz qilmoqda isyon.
Joningni olovlar yoqib ketmasmi,
Ey sen sog'inishni bilmagan inson!

Tomirimni yoqqan bu ishqning o'ti,
Bunchalar og'riqli, bunchalar qadim.
Sen shu lahzalarda meni unutding,
Men shu yomg'irlarda...
Seni esladim...

Guljamol Asqarova

A'zo bo'ling @NoyobSherlar