Get Mystery Box with random crypto!

Baxt (Boʻlgan voqea) Oʻtgan asrda yashab oʻtgan ulugʻ olim, t | Noyob she'rlar

Baxt

(Boʻlgan voqea)
Oʻtgan asrda yashab oʻtgan ulugʻ olim, toʻra buvalarimizdan birining ayoli xunukroq ekan. Bir kuni toʻra buva poshsha ayaga: “Alloh taolo husnu jamolni taqsimlayotganida biroz kech qolgan ekanlarda a, poshsha?” deb kinoya qilibdilar. Shunda ziyrak ayol: “Ha, shunday, begim. Qarasam, naryoqda baxt ulashilayotgan ekan, oʻshani olaman deb, husnga kech qolganman”, deb javob bergan ekan.
Olim ayolining javobidan mamnun boʻlib, zavqlangan ekan. Bu satrlarda buyuk madaniyatimizning namunasi, sharofatli kishilarga lutf, aqlli kishilarga ibrat bor...!


A‘zo bo‘ling @Noyob_sherlar_2022