Get Mystery Box with random crypto!

Qaynona (Ahmad Lutfiy Qozonchi) #kitob #10 Qaynona kelin o‘rt | Novqa.uz | Kuch birlikda

Qaynona (Ahmad Lutfiy Qozonchi)
#kitob #10

Qaynona kelin o‘rtasidagi munosabatlarning "kulminatsion" nuqtalaridan baʼzilarini kitobxonga tushunarli tarzda yetkazib berilgan. Kitob yozilishi davomida asosiy eʼtibor voqealar va ularning natijalariga qaratilgan yaʼni kiyim, tabiat va qushlar sayrashining shirali ovoziyu yana shu kabi mayda detallarga ko‘p ahamiyat berilmagan.

Oila qurishda deylik uylanishda yaxshi qiz topishning ahamiyati qanchalik darajada yuqori ekanligini, oilada biron muammo chiqsa darhol ajrashish haqida emas balki uni hal qilish yo‘lida sabr bilan harakat qilish, yoshi kattalarning yoshlarni uylash masalasida eʼtiborli bo‘lishlari va bunga jiddiyroq qarashi kerakligi, noto‘g‘ri tanlov asosida qurilgan oilalardagi baxtsizlik va uning baʼzi sabablari va baxtli oilalarning haqida deyish mumkin. Yana eng asosiy eʼtibor yuqorida aytganimdek qaynona keling o‘rtasida yumshoqlikning saqlanishi va mahalladagi jurnalist ayollar haqida.

Qizlar bu kitobni o‘qishlari ularga ancha foydali bo‘lishi mumkin, boshqalar ham o‘qisa albatta nur ustiga aʼlo nur bo‘lsa kerak.

P.S: Aslida bu kitob haqida ko‘p yozsa bo‘ladi lekin qolgan firklarni bir piyola choy ustida gaplashgan maʼqulroq))

@Jamshidbek_Qayumov