Get Mystery Box with random crypto!

Zamonaviy va yuqori qavatli uylarning qurilishida eng muhim ah | 👉Новостройки_UZB🇺🇿

Zamonaviy va yuqori qavatli uylarning qurilishida eng muhim ahamiyatga ega va sababchi boʻlgan uskuna bu albatta juda tezkor boʻlgan liftlar hisoblanadi.

Chunki hozirgi rivojlanib borayotgan dunyoda insonlar qulayliklardan foydalanishni afzal koʻrishadi, albatta kimga yuqori qavatli binoga zinapoyada koʻtarilish yoqishi mumkin?

Liftlar sohasida ham hozirgi kunda juda koʻplab yangi funksiyalar qoʻshilib borilmoqda bu ularning dizaynida va tezligida yaqqol koʻrinishi mumkin. Zamonaviy lift avtomatik muhofaza va blokirovka vositalari, yorugʻlik signalizatsiyasi, telefon aloqasi, dispetcherlik xizmati apparaturasi bilan taʼminlanadi.

Odam tashiydigan Liftga 20 kishigacha yoʻlovchi sigadi, u 150 m gacha balandlikka koʻtarila oladi, tezligi 7,0 m/sek gacha, yuk tashiydigan L. 5 t gacha yukni 200 m gacha (baʼzi magazin L. larida 10 t gacha yukni 45 m gacha) balandlikka koʻtara oladi, tezligi 2,5 m/sek gacha yetadi (2003).

Telegram | Instagram