Get Mystery Box with random crypto!

#Foydali ​Sichqonchani avtomatik ravishda kerakli tugmani tan | Ozimizning mahsulotlar

#Foydali

Sichqonchani avtomatik ravishda kerakli tugmani tanlaydigan qilib sozlash

Kompyuter bilan ishlashingizda sichqoncha juda kerakli va anchagina ishimizni osonlashtiradigan qurilma hisoblanadi. Bugun bir sozlama orqali undan foydalanishda yanada tezkorlikga erishishni o'rganamiz.

Buning uchun, Win+R ga control mouse buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. Chiqgan oynadan "Параметры указателя" dan "Исходное положение в диалоговом окне" dagi "На кнопке, выбираемой по умолчанию" ni belgilaymiz ( ) va OK tugmasini bosib chiqib ketamiz. Batafsil ko'rsatma quyidagi videoda ko'rsatilgan.

Nima o'zgarganini bilish uchun shunchaki Win+R tugmasini bosing va sichqonchaning kursori avtomatik ravishda OK tugmasi ustida paydo bo'lganini ko'rasiz.

Bu sozlama majburiy emas va kompyuter uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Sozlamani yoqgan joyimizdan o'chiramiz.

@Ozimizning_mahsulotlar