Get Mystery Box with random crypto!

Gazeta.uz yangiliklar portali habar berishicha Chilonzor yo'na | Mukhammadaziz posts

Gazeta.uz yangiliklar portali habar berishicha Chilonzor yo'nalishidagi to'rtda metroga bittadan vagon qo'shib berishar ekan. Boshlanishiga yomon emas, birinchi bo'lib Chilonzor yo'nalishini tanlab adashishmabdi chunki bu yo'nalish Toshkent metropolitenida eng gavjun yo'nalish hisobladi lekin bundan ham yaxshirog'ini qilsa bo'lar edi. Shunchaki vagon qo'shish bilan cheklanib bo'lmaydi.

O'zi azaldan bizni bekatlarimiz besh vagonlik metrolar uchun mo'ljallab qurilgan, ya'ni besh vagonlik metrolarni allaqachon ishga tushirsak bo'lar edik degani. Lekin biz O'ZBEKmizku ahir, "ekonom" qilamizku biz. Bizda 4 vagonlik metrolar, shunda yillar bo'lganki vagonlarni soni 3tani tashkil qilgan. Mayli ko'p tanqid ham qilmaylik sekin-sekin jahon standartlariga adaptatsiya qilmoqdamiz. Ma'lumot uchun jahon standarlariga ko'ra metrolar 5 vagonlik bo'lishi kerak.

Lekin shunchaki vagon qo'shishni o'zi ham kamlik qiladi. Bizda aholi soni yildan yilga shiddat bilan o'sib kelmoqda. Odamlar o'qishga va ishga o'z transport vositalarida borishni istaydilar vaholanki yo'llar ertalabdan tirband chunki shahar infrastrukturasi boshidan noto'g'ri chizilib noto'g'ri qurilgan. Ish va o'qishga qatnaydigan odam jamoat transportidan foydalanaman desa jamoat transportida ham kiradigan joyiga kirib yotipti.

Misol uchun avtobuslar. Ertalab chiqip kamida 15 minut kutiladi lekin o'shanda ham avtobus ichi to'la odam bo'ladi va bu avtobusga chiqging ham kelmaydi. Yaqinda eski hokim buvamizni tashabbbuslari bilan avtobuslar uchun faqat Amir Temur va Alisher Navoiy ko'chalarida chizilgan yo'llar bilan yo'lni chetiga qo'yilgan "o'yinchoqlar" bilan ish bitmaydi. Jahon standartida bo'yicha avtobus uchun yo'llar yo'lni o'rtasida bo'lishi kerak. Mayli avtobusni qo'ya turinglar, baribir eng zo'ri metro. Qishda illiq, yozda salqin. Lekin bizdagi metroni bir kamchiligi bu metrolar orasidagi interval. Yunusobod yo'nalishida o'rtacha interval 10 daqiqani tashkil qiladi, ko'p emasku deyishingiz mumkin lekin 10 daqiqa ichida o'qish va ishga boradiganlar soni metroni to'ldirib yuboradi. Yunusobod yo'nalishi eng kam foydalanuchiga ega yo'nalishlardan biri, Chilonzor yo'nalishi esa aksincha. Chilonzor yo'nalishida interval o'rtacha 4 daqiqani tashkil qilladi lekin shu 4 daqiqa ichida Yunusobod yo'nalishida 10 daqiqada yig'iladigan odamdam ikki barobar odam yig'iladi.

Tak shto, bizda hali e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan nozik joylarimiz ko'p. Hozircha shukur qilishdan boshqa ilojimiz yo'q

P.S. Bu noshukurlik deyilmaydi, bu o'zini haqqini talab qilish deyiladi. Shuncha yil ichida ne-ne ishlar qilsa bo'lardi Toshkent shahar jamoat transporti bilan.