Get Mystery Box with random crypto!

«SOGʻINCH KUNDALIGI» TURKUMI Yana senga burdim mavzuni, Yana | Nosirjon JO‘RAYEV | ijodiy kanal

«SOGʻINCH KUNDALIGI» TURKUMI

Yana senga burdim mavzuni,
Yana sendan gap ochdim bugun.
Axir yo‘qdir sog‘inch mavsumi,
Taqiq yo‘qdir muhabbat uchun.

Shamol kabi erkin va o‘ynoq
Sog‘inch haqda aytgan so‘zlarim.
Ammo o‘ylab qarasam bundoq,
Sen yo‘q bo‘lsang, kimga so‘zladim?!

Nosirjon Jo‘rayev


https://t.me/Nosirjon_Jorayev